» » Turkiya chegarasida halokatga uchragan Suriya samolyoti uchuvchisi havo kemasi urib tushirilganini ma’lum qildi

Turkiya chegarasida halokatga uchragan Suriya samolyoti uchuvchisi havo kemasi urib tushirilganini ma’lum qildi


Turkiya chegarasida halokatga uchragan Suriya harbiy-havo kuchlarining MiG-21 qiruvchi samolyoti uchuvchisi havo kemasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Turkiyaning Haber7 telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Uchuvchi Turkiya rasmiylari vakillari bilan muloqotda bo‘ldi va Latakiyadan Idlibga janovar vazifani bajarish uchun yo‘l olganini bildirdi. Shundan so‘ng uning qiruvchi samolyoti urib tushiriladi.

Uchuvchi Suriya armiyasi zobiti 56 yoshli Mahmud Sufxon ekanligi aytilmoqda. Katapultani amalga oshirish jarayonida va yerga qo‘nishda uning umurtqasi, oyoqlari shikastlangan, yuzidan jarohat olgan.

Hozirda u Turkiya kasalxonasiga yotqizilgan bo‘lib, umumiy holati shifokorlar tomonidan qoniqarli baholanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют