» » Turkiya chegarasida Suriya harbiy samolyoti quladi

Turkiya chegarasida Suriya harbiy samolyoti quladi


“Ahror ash-Shom” terrorchilik tashkiloti jangarilari Suriyaning Idlib viloyatida MiG-21 harbiy samolyotini urib tushirgani haqida axborot berdi.

“Al-Masdar” nashri MiG-21 texnik nosozlik sabab Turkiya hududiga qulagani ehtimoli, uchuvchi turk ma’muriyati nazorati ostida qolayotgani bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan.

Ayni vaqtda, Reuters agentligi Turkiya hukumatidagi manbalarga asoslanib MiG-23 harbiy samolyoti qulagani haqida xabar bergan. Katta ehtimol bilan, Suriya harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot chegaraning Suriya tomoniga tushgan bo‘lishi mumkin.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim chegaraning Turkiya qismiga muvaffaqiyatli tarzda qo‘ngani taxmin qilinayotgan uchuvchi qidirilayotganini ma’lum qildi.

“Samolyot qulashiga aynan nima sabab bo‘lgani noma’lum. Ehtimol, samolyot ob-havo sharoiti sabab qulagandir”, — dedi Turkiya bosh vaziri.

Daily Sabah nashri xabariga ko‘ra, samolyot Turkiyaning Xatay viloyatiga qulagan. Qidiruv guruhi samolyotni topgan, biroq uchuvchi kabinasi bo‘sh bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют