» » Saudiya Arabistonida Iordaniya qiruvchi samolyoti quladi

Saudiya Arabistonida Iordaniya qiruvchi samolyoti quladi


Iordaniya harbiy-havo kuchlariga tegishli F-16 qiruvchi samolyoti Saudiya Arabistoni hududida halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Saudiya Arabistonida ushbu mamlakat boshchiligidagi koalitsiya tarkibida Yamandagi harbiy operatsiyada qatnashayotgan Iordaniya samolyoti qulagan.

Havo kemasi uchuvchisi muvaffaqiyatli ravishda katapulta qilgan. Uni shu kunning o‘zidayoq Iordaniyaga yetkazishlari aytilmoqda.

Yamanda mamlakat hukumati va isyonchi xusiylar o‘rtasidagi qurolli nizo davom etmoqda. Yamanning amaldagi hukumatini Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab mamlakatlari koalitsiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Koalitsiya kuchlari 2015-yil martidan boshlab Yamanning isyonchilar nazorati ostida qolayotgan hududlariga aviazarbalar berib kelmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют