» » Iroq Kurdistoni mustaqilligi uchun bo‘lib o‘tgan referendumda 3,3 milliondan ortiq kishi ishtirok etdi

Iroq Kurdistoni mustaqilligi uchun bo‘lib o‘tgan referendumda 3,3 milliondan ortiq kishi ishtirok etdi


Iroq hududidagi Iroq Kurdistoni avtonom viloyatining mustaqilligi uchun bo‘lib o‘tgan referendumda 3,3 milliondan ortiq inson ishtirok etdi. Bu haqda Saylovlar va referendumlar bo‘yicha Oliy mustaqil saylov komissiyasining rasmiy vakili Shirvan Zarari Al Sumaria telekanaliga ma‘lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ovoz berish jarayonlarida 3 305 925 kishi ishtirok etgan” va “referendumda o‘z ovozini berishni istaganlar ulushi 72,16 foizni tashkil qilgan”.

Rudaw kurd telekanalining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz beruvchilarning 95 foizdan ortig‘i avtonom viloyatning mustaqilligini yoqlagan.

Telekanalning xabar berishicha, Sulaymoniya viloyatining Xalabja shahridagi saylovchilarning 95,4 foizi mustaqillik uchun ovoz bergan. Ushbu shaharda 80 mingga yaqin odam istiqomat qiladi. Naynava viloyatidagi Akra aholi punkti saylovchilarning 97,6 foizi mustaqillik uchun “ha” deb javob bergan. Shuningdek, referendumga kelgan boshqa hududlar haqida ham ma’lumotlar berildi. Arbil shahrida ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarning 84 foizi, Kirkukda deyarli 79 foizi, Daxukda 90 foizi referendumda ovoz bergan.

Biroq ushbu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlanmadi.

25-sentabr, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da yakunlangan referendum natijalari 72 soat ichida e’lon qilinadi.

 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют