» » Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Falastin fuqarosi 3 nafar isroillikni o‘ldirdi

Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Falastin fuqarosi 3 nafar isroillikni o‘ldirdi


Falastinlik jangari Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan yahudiylar qishlog‘iga kirish qismida uch nafar isroillik fuqaroni otib o‘ldirdi. Bu haqda chegara politsiyasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, isroillik fuqarolarga qarata o‘q uzgan fuqaro o‘zini ishchi qilib ko‘rsatgan va Quddus shahrining shimoliy-g‘arbida joylashgan Xar-Adar qishlog‘iga o‘tishga uringanida politsiyada shubha uyg‘otgan.

“U qurolini olib, xizmat vazifasini o‘tayotgan huquq-tartibot organlari xodimlariga qarata o‘q uzdi. Hujum oqibatida uch nafar isroillik fuqaro halok bo‘ldi, yana bir nafari yaralandi”, — deyiladi xabarda.

Hujumni uyushtirgan shaxsning o‘zi ham otib o‘ldirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют