» » Twitter Trampga boshqa blogerlarga berilmagan imkoniyatlarni berdi

Twitter Trampga boshqa blogerlarga berilmagan imkoniyatlarni berdi


AQSh prezidenti Donald Trampning sevimli servisi — Twitter qoidalar prezident uchun maxsus o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Hozirda servis qoidalari boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilish va zo‘ravonlikka chaqirishni taqiqlaydi. Bu taqiqqa muvofiq, Trampning ko‘pgina tvitlari, ayniqsa KXDR va uning yetakchisi Kim Chen In haqidagi postlari o‘chirilishi lozim. Ammo bu ish shu paytgacha amalga oshirilmadi. Shu munosabat bilan Twitter ma’muriyati Trampga nima sababdan boshqa foydalanuvchilarga berilmagan imkoniyatlar berilganini tushuntirib o‘tdi.

26-sentabrga o‘tar kechasi kompaniya vakillari Trampning oxirgi xabarlari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berib o‘tdi.

Bayonotda aytilishicha, kompaniyaning ichki qoidalariga ko‘ra, ayrim qoidaga zid tvitlar “axboriy ahamiyati” tufayli o‘chirilmasligi mumkin.

Twitter vakillari bu band yaqin orasida foydalanuvchilik kelishuvida paydo bo‘lishini va’da qildi.

Shu bilan birga, “axboriy ahamiyatiga ega” tvitlar qanday kriteriylarga ko‘ra ajratib olinishi tushuntirilmadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют