» » Venesuela prezidenti qurolli kuchlarni suverenitetni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi

Venesuela prezidenti qurolli kuchlarni suverenitetni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat qurolli kuchlarini AQSh bilan munosabatlar keskinlashayotgani sababli suverenitetni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

“Har bir mintaqa, shtat va aholi punktida himoyani mustahkamlash vaqti keldi. Mudofaa zanjiridagi har bir halqa Venesuelaning tinch, suveren davlat sifatida oldinga siljishini ta’minlashi lozim”, — ta’kidladi Maduro. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etdi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarga fuqarolari kirishi man etilgan davlatlar ro‘yxatini kengaytirib, ular qatoriga Venesuelani ham qo‘shdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют