» » Kobul aeroportiga raketa zarbalari berildi. “Tolibon” va IShID javobgarlikni zimmasiga oldi

Kobul aeroportiga raketa zarbalari berildi. “Tolibon” va IShID javobgarlikni zimmasiga oldi


Kobul aeroporti yaqiniga bir necha raketa kelib tushdi. Bu haqda Afg‘oniston IIV vakili Najib Donish ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

“Raketadan o‘qqa tutish oqibatida hech kim jabrlanmadi. Parvozlar bilan bog‘liq vaziyat ham joyida”, — deya yozuv qoldirdi Donish Twitter’dagi sahifasida. 

Biroq, Tolo News aeroport hududi va uning atrofiga 20-30 raketa yo‘llangani, barcha reyslar bekor qilingani va evakuatsiya o‘tkazilganini ma’lum qildi. Telekanalga ko‘ra, zarbalardan ko‘zda tutilgan maqsad aeroportga tutash NATO bazasi bo‘lishi mumkin. 

Avval “Tolibon” harakati, so‘ng IShID mazkur zarbalar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg e’lon qilinmagan tashrif bilan Kobulga kelgani bildirilgandi. Hujum payti yuqori martabali mehmonlar Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda bo‘lgan. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют