» » NATO bosh kotibi: Kobul aeroportiga raketa zarbalari berilishi alyans Afg‘onistonda zarurligini ko‘rsatdi

NATO bosh kotibi: Kobul aeroportiga raketa zarbalari berilishi alyans Afg‘onistonda zarurligini ko‘rsatdi


Kobul aeroportining raketadan o‘qqa tutilishi alyans misssiyasi Afg‘onistonda bo‘lib turishi zarurligini ko‘rsatadi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Fuqaro aeroportiga hujum — terakt, bu kuch emas, zaiflik belgisi. Shu sababli bunday hujumlarni qarshi olayotgan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari harakatlarini e’tirof etishni istardim. Bu ularning professionalligi, sodiqligi, xavfsizlikka tahdidlarga munosabat bildirishga qodirligining yana bir namunasi. Ularni o‘qitish va maslahat berishda davom etayotganimizning boisi ham shu”, — ta’kidladi Yens Stoltenberg.

Eslatib o‘tamiz, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga kelgan kun Kobul aeroportiga raketalardan zarbalar berildi. Mazkur hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati va IShID o‘z zimmasiga oldi. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют