» » O‘zbekiston AQShga 7 yil davomida 300 mln dollarlik uran yetkazib beradi

O‘zbekiston AQShga 7 yil davomida 300 mln dollarlik uran yetkazib beradi


O‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlariga uran eksport qila boshlaydi. Bu haqda bugun, 27-sentabr kuni Xalqaro press klubning “O‘zbekiston-Amerika biznes forumi: hamkorlikning yangi ufqlari” deb nomlangan navbatdagi sessiyasida Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga safari qisqa muddatli bo‘lishiga qaramay, mazmun va natijalariga ko‘ra, tarixiy va misli ko‘rilmagan ma’no kasb etdi. Tashrif chog‘ida juda katta natijalarga erishdik.

AQShdagi yirik kompaniyalar, xususan, General Electric, Honeywell, ExxonMobil, Boeing, John Deere kabi korporatsiyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

2016-yilda AQSh bilan savdo aylanmasi hammasi bo‘lib, 460 million dollarni tashkil etgan. Biz mazkur tashrifimiz doirasida Amerika kompaniyalari bilan 320 million dollarlik eksport shartnomalarini imzoladik. Bular juda muhim shartnomalar hisoblanadi. Misol uchun, 10 yildan beri biz AQSh bilan uran eksportini amalga oshirmagan edik. 10 yildan so‘ng ilk yirik shartnomani AQShning Nukem kompaniyasiga uran eksport qilish bo‘yicha imzoladik. Shartnomaning umumiy qiymati 300 million dollarni tashkil etadi va u 7 yil muddatga tuzildi”.

Elyor G‘aniyev, O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют