» » Kataloniya rasmiylari Ispaniya hukumatini tartibsizliklarni keltirib chiqarishga urinishda aybladi

Kataloniya rasmiylari Ispaniya hukumatini tartibsizliklarni keltirib chiqarishga urinishda aybladi


Kataloniyada 1-oktabrga mo‘ljallangan mustaqillik bo‘yicha referendum arafasida qo‘shimcha kuchlarni jo‘natayotgan Ispaniya hukumati vaziyatni keskinlashtirishga intilmoqda. Bu haqda Kataloniya hukumatining ichki ishlar bo‘yicha maslahatchisi Joakin Forn ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Ular tinch ko‘rinishda bo‘lmagan qizg‘in ommaviy chiqishlar sodir bo‘lishini istamoqda. Politsiya ham shu maqsadda kelmoqda. Biz bunga har kuni guvoh bo‘lmoqdamiz”, — dedi Forn. 

Fornga ko‘ra, Kataloniya hukumatida Madrid avtonom hamjamiyatga jo‘natgan kuch tizimi xodimlari coni bo‘yicha ma’lumot yo‘q. Ispaniya OAVlari oldinroq ularning soni 5 minggacha borishi mumkinligini bildirgandi. 

“Barselona portida politsiya mashinalarining ko‘pligidan Kataloniyaga yuborilayotgan huquq-tartibot idoralari vakillari urushga kelayotgandek taassurot qoldirmoqda. Ular bizning politsiyani fuqarolarimizga qarshi qo‘ymoqda”, — ta’kidladi Kataloniya hukumati maslahatchisi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют