» » Kirkuk viloyati hukumati neft konlarini Bag‘dod nazorati ostiga berishdan bosh tortdi

Kirkuk viloyati hukumati neft konlarini Bag‘dod nazorati ostiga berishdan bosh tortdi


Iroqning Iroq Kurdistoni bilan chegaradosh bo‘lgan Kirkuk viloyati hukumati bu yerda joylashgan neft konlarini Bag‘dod nazorati ostiga berishdan bosh tortdi, deb yozadi “TASS” viloyat Kengashi rahbari Rebvar Talabaniyga tayanib.

“Kirkuk hukumati neft konlarini hech kimga bermaydi, ular Iroq Kurdistoni nazorati ostida bo‘ladi”, — dedi viloyat ma’muriyati rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, “peshmerg” kurd harbiylashgan otryadlari neftga boy maydonlarni, Iroq armiyasi tashlab ketgach, IShIDga qarshi kurashib qo‘lga kiritgan. “Buning uchun minnatdorlik bildirish o‘rniga, Bag‘dod bunday qarorlarni qabul qilmoqda”, — deya qo‘shib qo‘ydi Talabaniy.

Kirkuk Kengashi rahbarining bayonoti Iroq parlamenti Iroq Kurdistonidagi mustaqillik haqidagi referendumga javoban ushbu viloyatdagi barcha neft korxonalarini markaziy hukumat nazorati ostiga qaytarishni talab qilgach, yangradi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют