» » Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi sanasi hali belgilanmagan

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi sanasi hali belgilanmagan


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

“Hozirda bo‘lajak tashrif ustida ish olib boryapmiz. Tashrifning aniq sanalari hozircha belgilanmagan, biroq bu masalani cho‘zib o‘tirmaymiz, deb o‘ylayman”, — dedi TIV rahbari.

Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, xususan, ba’zi loyihalar, jumladan, yo‘l-transport kommunikatsiyalariga daxldor dasturlarni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekistonnig ehtimoliy ishtirokini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalalarini ham muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq bir qator nashrlarda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 15-oktabrda O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют