» » Afg‘oniston prezidenti AQSh qo‘shinlari mamlakatdagi vaziyatni yaxshilaganini ma’lum qildi

Afg‘oniston prezidenti AQSh qo‘shinlari mamlakatdagi vaziyatni yaxshilaganini ma’lum qildi


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi chog‘ida mamlakatga kela boshlagan AQSh armiyasining yangi guruhlari “Tolibon” radikal guruhiga qarshi kurashdagi vaziyatni o‘nglaganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Shu qaror qabul qilinganidan buyon joylardagi vaziyat jiddiy o‘zgardi… yer bilan osmonchalik”, — dedi G‘ani AQSh prezidenti bilan Nyu-Yorkda o‘tgan uchrashuvda.

“G‘alaba, xoh siyosiy, xoh harbiy bo‘lsin, amalga oshadigan bo‘lib turibdi”, — qo‘shimcha qildi u.

Afg‘oniston rahbari Trampni mamlakat xavfsizlik kuchlari toliblarga qarshi kurash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishiga ishontirdi.

O‘z navbatida, AQSh prezidenti Ashraf G‘aniga amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют