» » “Turkiston” saroyida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

“Turkiston” saroyida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


“Turkiston” saroyida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir ishtirokchilari dastlab 29-sentabr kuni poytaxtdagi Mustaqillik maydonida bo‘lib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gullar qo‘ydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shu kuni “Turkiston” saroyida umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, deputatlar, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat vazirliklari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining pedagoglari, sport murabbiylari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X. Sultonov o‘qib eshittirdi.

Tadbirda Xalq ta’limi vazirligining “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maskanlarining faol pedagoglari diplom va sovrinlar bilan taqdirlandi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi 40-maktab o‘qituvchisi Ra’no Fozilova, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov mamlakatimizda yoshlar kamolotiga ko‘rsatilayotgan betimsol g‘amxo‘rliklar, o‘qituvchilik kasbini ulug‘lash borasidagi amaliy e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, shoir Nodir Jonuzoq o‘qituvchi va murabbiylarga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi.

San’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokidagi konsert namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi N. Yo‘ldoshev, Qonunchilik palatasi spikeri N. Ismoilov, bosh vazir A. Aripov, Prezidentning davlat maslahatchisi A. Yunusxodjayev ishtirok etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют