» » AQSh koalitsiyasi 735 nafar tinch fuqaroning o‘limida aybdorligini tan oldi

AQSh koalitsiyasi 735 nafar tinch fuqaroning o‘limida aybdorligini tan oldi


IShID terrorchi guruhiga qarshi kurash bo‘yicha AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya yana 50 nafar tinch fuqaroning halok bo‘lishida aybdorligini tan oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Shu tariqa, koalitsiya kuchlari aviazarbalari oqibatida Iroq va Suriyada halok bo‘lgan tinch fuqarolarning umumiy soni 735 kishiga yetdi.

“Koalitsiya 185 hisobotni o‘rganib chiqdi. Ularning 168 tasi ishonchsiz deb topildi, uchtasi oldingi hisobotlarning takrori sifatida baholandi, 14 tasi ishonchli deb topildi, natijada tinch fuqarolar orasida yana 50 ta o‘lim holati qayd qildi”, — deyiladi koalitsiya shtab-kvartirasi tarqatgan bayonotda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют