» » Kataloniyadagi saylov uchastkalariga saylov urnalari va byulletenlari olib kelinishi boshlandi

Kataloniyadagi saylov uchastkalariga saylov urnalari va byulletenlari olib kelinishi boshlandi


Kataloniyadagi saylov uchastkalariga saylov urnalari va byulletenlari olib kelinishi boshlandi. Bu haqda mahalliy TV3 telekanali xabar bermoqda.

Telekanal efir davomida Barselona yaqinidagi saylov uchastkalaridan biriga urnalar va byulletenlar olib kirilayotgani aks etgan lavhalarni ko‘rsatdi.

“Gazeta.ru”ning qayd etishicha, Kataloniya mustaqilligi masalasida o‘tkazilayotgan referendum Ispaniya hukumati tomonidan tan olinmayapti.

Avvalroq Ispaniya Ichki ishlar vazirligi aksariyat saylov punktlari yopilishini e’lon qilgan, xususan, 1300 ga yaqin saylov uchastkalari politsiya tomonidan xatlangani ma’lum bo‘lgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют