» » “Barselona”ga referendum sabab Ispaniya chempionati o‘yinini qoldirishga ruxsat berilmadi. U “Las-Palmas”ga qarshi muxlislarsiz o‘ynaydi

“Barselona”ga referendum sabab Ispaniya chempionati o‘yinini qoldirishga ruxsat berilmadi. U “Las-Palmas”ga qarshi muxlislarsiz o‘ynaydi


Ispaniya Professional futbol ligasi “Barselona”ning “Las-Palmas”ga qarshi 1-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanishi lozim bo‘lgan o‘yinini boshqa sanaga qoldirishdan bosh tortdi. “Barselona” uchrashuvni o‘tkazadi, faqat muxlislarsiz o‘ynaydi — o‘yin bo‘sh tribunalarda bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Meduza.

pic.twitter.com/jL7OypklCW

— FC Barcelona (@FCBarcelona) October 1, 2017

“Barselona” 1-oktabr kuni Kataloniyada mustaqillik referendumi o‘tkazilayotgani munosabati bilan shunday qaror qabul qilgan. Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi mazkur referendumni bekor qilgan, mamlakat hukumati uni noqonuniy deb hisoblamoqda.

Shunga qaramay, “Barselona”ning ko‘plab o‘yinchilari (hozir o‘ynayotganlari ham, sobiq futbolchilari ham) referendumni qo‘llab-quvvatladi. Ayni vaqtda, “Las-Palmas” o‘yin oldidan o‘z libosiga Ispaniya bayrog‘ini namoyishkorona tiktirgan edi — klub shu yo‘l bilan Ispaniya hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan.

“Sports.ru”ning qayd etishicha, stadion atrofiga “Barselona” muxlislari olomoni to‘plangan. O‘yinga 70—80 ming atrofida tomoshabin kelishi kutilgan edi.

Kataloniyadagi mustaqillik referendumi politsiyaning qat’iy qarshiligi ostida o‘tmoqda — tongda politsiya bir qator saylov uchastkalarining ochilishiga yo‘l qo‘ymagan, keyinroq boshqalarining byulleten uchun urnalarini olib qo‘ygan. Oqibatda Kataloniyada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, to‘qnashuvlarda 300 dan ziyod odam jarohatlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют