» » Madridda Kataloniya mustaqilligiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Basklar o‘lkasi esa katalonlarni qo‘llab-quvvatladi

Madridda Kataloniya mustaqilligiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Basklar o‘lkasi esa katalonlarni qo‘llab-quvvatladi


Madrid markazida Kataloniyaning mustaqillik referendumiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Meduza’ning yozishicha, unda yuzlab odamlar qatnashgan. Ular Ispaniyaning hududiy yaxlitligi himoyasiga bag‘ishlangan shiorlarni ko‘tarib chiqqan.

Manifestaciones en el centro de Madrid en contra del #CatalanReferendum https://t.co/wvz7cgFpOO pic.twitter.com/TidPjVUD0P

— El Espa?ol (@elespanolcom) October 1, 2017

La Vanguardia gazetasining xabar berishicha, Basklar o‘lkasidagi Vitoriya va San-Sebastyan shaharlarida Kataloniyadagi referendumni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar bo‘lib o‘tgan. Unda mingga yaqin odam qatnashgan.

Kataloniya mustaqilligi masalasidagi referendum 1-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlangan edi. Ispaniya politsiyasi ovoz berish jarayoniga xalal berishga urinmoqda: u saylov uchastkalariga kirish joylarini yopib, byulletenlar uchun mo‘ljallangan urnalarni olib qo‘ymoqda.

Kataloniya hukumatining ma’lum qilishicha, politsiya bilan to‘qnashuvlar davomida 337 kishi jabrlangan. Ispaniya hukumati esa referendum tarafdorlari bilan to‘qnashuvlar oqibatida 11 politsiyachi jarohat olganini tasdiqladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют