» » Paxta dalasiga chiqarilgan “Navbahor” 6 yillik tanaffusdan keyin “Paxtakor”ni taslim qildi

Paxta dalasiga chiqarilgan “Navbahor” 6 yillik tanaffusdan keyin “Paxtakor”ni taslim qildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 23-tur bellashuvlariga to‘la yakun yasaldi. Uning so‘nggi uchrashuvi Namanganda bo‘lib o‘tdi.

Bunda Shota Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor”mezbonlar — “Navbahor” futbolchilariga imkoniyatni boy berdi — 0:2. Bellashuvdagi har ikki gol ikkinchi bo‘limda kiritildi.

“Navbahor” 2017-yilgi mavsum hisobidan o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmagan Oliy Liganing yagona vakili bo‘lib turgandi. “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda ham bu an’ana davom etdi. G‘alaba Namangan futbol klubini turnir jadvalida 7-o‘ringa olib chiqdi.

“Championat.asia” nashrining oydinlik kiritishicha, “Navbahor” so‘nggi bor “Paxtakor” ustidan 2011-yilda zafar quchgandi. Shundan so‘ng tomonlar 11 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, o‘yinlarning 10 tasida Toshkent grandining qo‘li baland kelgan va faqatgina 1 ta uchrashuvda durang qayd etilgandi.

23-turdan keyin Mirjalol Qosimov va Shota Arveladze jamoalarining imkoniyatlari tenglashdi. Ular bir xilda ochko to‘plagan, to‘plar orasidagi farqda ham tenglik bor.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
23-tur bellashuvi
1-oktabr, yakshanba

Gollar: Mirzohid G‘ofurov, 57 (1:0). Ro‘zimboy Ahmedov, 72 (2:0).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют