» » Maduro: Raxoy Kataloniyadagi hodisalar uchun dunyo hamjamiyati oldida javob berishi kerak

Maduro: Raxoy Kataloniyadagi hodisalar uchun dunyo hamjamiyati oldida javob berishi kerak


Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy 1-oktabr, yakshanba kuni Kataloniyadagi mustaqillik haqidagi referendum chog‘ida yuz bergan hodisalar uchun dunyo hamjamiyati qarshisida javob berishi kerak. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Raxoy bugun Kataloniya aholisi bilan yuz bergan narsalar uchun dunyo hamjamiyati oldida javob berishi kerak”, — dedi Maduro davlat televideoniyesidagi o‘zining kundalik dasturi efirida.

Venesuela yetakchisi Ispaniya politsiyasini va Fuqarolik gvardiyasini Kataloniyadagi ovoz berishlar oldini olishga qaratilgan shafqatsiz xatti-harakatlari uchun qoraladi.

Maduro, shuningdek, Kataloniya fuqarolarini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, “Kataloniya demokratiya uchun huquqqa ega ekanligi”ni aytdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют