» » Saudiya Arabistonidagi turistik loyihaning birinchi xorijlik investori paydo bo‘ldi

Saudiya Arabistonidagi turistik loyihaning birinchi xorijlik investori paydo bo‘ldi


Buyuk britaniyalik mashhur biznesmen, milliarder va Virgin Group kompaniyasi asoschisi Richard Brenson o‘z ichiga Saudiya Arabistonidagi 50 dan ortiq orollarni qamrab olgan turistik loyihaga sarmoya kiritish niyati borligini ma’lum qildi. Bu haqda amirlikning The National nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Saudiya Arabistoni axborot agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Brenson qirg‘oqlarining umumiy uzunligi 200 kilometrni tashkil etadigan mazkur ulkan turistik loyihada ishtirok etish niyatini bildirgan birinchi xorijiy investor.

Saudiya Arabistoni hukumatining rejasiga ko‘ra, ushbu loyiha 35 mingta yangi ish o‘rni yaratishga hamda qirollik iqtisodiyotinining taraqqiyotiga xizmat qiladi. Qurilish ishlari 2019-yilda boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, u 2022-yilning oxiriga qadar yakunlanishi lozim.

Avvalroq, Richard Brenson Virgin Group kompaniyasining internet-saytida joylashgan blogida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurganini yozib qoldirgandi.

Taxt merosxo‘ri sifatida yaqindagina tayinlangan shahzoda Muhammad ibn Salmon al Saudning bayonotida aytilishicha, mazkur kurort Qizil dengizda joylashgan 50 ta tabiiy orollarda yaratiladi. Sayyohlik maqsadida qirg‘oqning 200 kilometrlik uchastkasi maxsus jihozlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют