» » Toshkentda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining vakolatxonasi ochiladi

Toshkentda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining vakolatxonasi ochiladi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3-oktabr kuni Toshkentda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibi shakllanishini nihoyasiga yetkazish istiqbollari hamda bankning Toshkent shahrida vakolatxonasini ochilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

YTTBning O‘zbekiston bo‘yicha 5 yillik Strategiyasi loyihasi ustidagi ishning borishi, shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumi va “Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: strategik istiqbollar va tadbiq etilmagan imkoniyatlar” konferensiyasida bankning ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют