» » Islandiyada shimoliy qutb doirasida harakatlanuvchi ulkan yodgorlik o‘rnatildi

Islandiyada shimoliy qutb doirasida harakatlanuvchi ulkan yodgorlik o‘rnatildi


Islandiyaning Grimsey oroliga shimoliy qutb doirasi chiziqlarini ifodalovchi sakkiz tonnali beton yodgorlik o‘rnatildi. U chiziqlar yo‘nalishiga mos kelishi uchun maxsus jamoa tomonidan yil davomida siljitib turiladi, deb xabar berdi TJournal.

Shimoliy qutb doirasi Yer o‘qining ekvator shimolidagi o‘zgarishlariga qarab harakatlanadi. Ushbu nuqtada quyosh yoz faslida hech qachon botmaydi, qishda esa hech qachon otmaydi. Ulkan shar harakat yo‘nalishi bo‘yicha siljitib turiladi va uning o‘rni yiliga, taxminan, 14 metrga o‘zgaradi.

Yodgorlikni o‘rnatish tashabbusi Akyureyri shahri ma’muriyati tomonidan chiqqan bo‘lib, ular shimoliy qutb doirasi ramzini yaratishni xohlashgan. Shar orolga avvaliga yuk mashinasida, so‘ng paromda olib kelingan.

Shar biz koinotda qay yo‘sinda harakat qilayotganimizni tasvirlaydi. Bu inson fikrlashini kengaytiradi va Donald Tramp hamda boshqalardan ko‘ra, muhimroq savollarni o‘rtaga tashlaydi. Masalan, biz qayerga ketyapmiz.

Stiv Krister, Studio Granda studiyasidagi yodgorlik mualliflaridan biri

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-10-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют