» » Qirg‘iziston prezidenti 5–6-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Qirg‘iziston prezidenti 5–6-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan uning qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambayev 5–6-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 5–6-sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadi.

Davlat rahbarlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyuradi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha prezidentlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qo‘shma deklaratsiyani qabul qilishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют