» » Olmaota yaqinida qulagan samolyotning besh yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Olmaota yaqinida qulagan samolyotning besh yo‘lovchisi halok bo‘ldi


Qozog‘istonda sanitar reysni amalga oshirayotgan An-28 samolyotining qulashi oqibatida uning bortidagi besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Ruslan Imanqulovga ko‘ra, Olmaotaning Ili tumanida mahalliy vaqt bilan 19:15 da sanitar aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha parvoz amalga oshirgan An-28 radarlardan yo‘qoldi. Bir soatdan so‘ng u qulagani va qulash chog‘ida olov olgani ma’lum bo‘ldi.

“Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bortda besh kishi bor edi, ularning barchasi halok bo‘ldi”, — qo‘shimcha qildi IIV vakili.

Voqea joyida 12 qutqaruvchi va uch texnika birligi ishlamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют