» » O‘zbekistonga 2017-yil oxiriga qadar 2,5 million sayyoh tashrif buyuradi

O‘zbekistonga 2017-yil oxiriga qadar 2,5 million sayyoh tashrif buyuradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, 2017-yilning to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra, qariyb 1,8 million sayyoh mamlakatga kelgan. Bu 2016-yilning mos davriga nisbatan 17 foiz ko‘pdir. Mamlakatda sayyohlik xizmatlari eksporti ham 17 foiz ko‘payib, 1 milliard 86 million dollarni tashkil qilgan. Yil oxiriga qadar sayyohlar soni 2,5 milliondan oshishi kutilmoqda.

Davlat rahbari yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni Yevropa, Osiyo va boshqa qit’alardan keladigan sayyohlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, charter reyslar va temir yo‘llarda qatnovlar sonini ko‘paytirish, turizm rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini mukammal o‘zlashtirish, ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlik obyektlarini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mamlakatda turizm yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi besh oliy o‘quv yurti, jumladan, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda o‘ndan ortiq o‘rta maxsus bilim yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlik sohasida ta’lim olayotgan yoshlar, sohada mehnat qilayotgan mutaxassislarning Yevropa hamda Osiyoning yirik sayyohlik markazlari va o‘quv yurtlarida malaka oshirishiga ko‘maklashmoqda.

Soha istiqbolida yana bir muhim jihat — hududlardagi barcha madaniy-tarixiy meros obyektlari, tabiiy o‘lkashunoslik, milliy qo‘riqxona hududlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mintaqalarda turizmni rivojlantirish uchun joylardagi mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik kuchlarini birlashtirish. Bu boradagi izchil ishlarni amalga oshirishda mamlakatimizda mustahkam huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, hududlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan va jarayon izchil davom etmoqda.

Turizm industriyasi jadal rivojlanishida xususiy sektorning ustuvor ishtirokini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozir yuzlab tadbirkor va hunarmandlar turizm sohasiga jalb qilingan bo‘lib, ular suvenir mahsulotlari ishlab chiqarish, mehmonxona xo‘jaligi, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Turizmni rivojlantirishda xorij mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan sayyohlik ko‘rgazma va anjumanlari muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy madaniy merosni chet ellarda ommalashtirish, mamlakatga xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida sayyohlik tashkilotlari Madrid, Riga, Berlin, Parij, Tokio, London, Moskva, Istanbul kabi dunyoning yirik shaharlarida qator ko‘rgazmalar tashkil etmoqda yoki xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashmoqda.

Yig‘ilishda turizm industriyasini jadal rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish, ularga imtiyozlar taqdim etish, sohada kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi sayyohlik mahsulotlari turini ko‘paytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari mutasaddi qo‘mita, vazirlik va idoralar rahbarlariga sayyohlikni mavsumiy emas, balki yil davomida daromad manbaiga aylantirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, sayyohlarni jalb qilishda yangicha usul va yondashuvlardan samarali foydalanish, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-10-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют