» » Shavkat Mirziyoyev Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini rivojlantirish dasturini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini rivojlantirish dasturini tasdiqladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017?2021-yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Dasturda sayyohlarni muntazam qabul qilish uchun zamonaviy talablar va qo‘shimcha qulay sharoitlarni hisobga olgan holda Xiva shahri hamda Xorazm viloyati turizm infratuzilmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, respublikaning asosiy sayyohlik markazlarini (Toshkent—Samarqand—Buxoro—Xiva) bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘ini qurish, Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlaridan charter reyslarini tashkil etish va muntazam aviareyslar sonini oshirish, Urganch—Xiva yo‘nalishida qulay sayyohlik avtobuslari qatnovini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Sayyohlar oqimini oshirish hamda ularning hududda ko‘proq vaqt bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiluvchi sayyohlik yo‘nalishlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish, bunda Amudaryo daryosi qirg‘oqbo‘yi hududida yangi ekzotik turizm turlarini joriy etish rejalashtirilgan.

Turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilmalarga yondosh obyektlar holatini yaxshilash va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilangan.

Ichki turizmni rivojlantirish uchun Samarqand—Urganch, Buxoro—Urganch va Farg‘ona—Urganch ichki aviareyslarini ochish masalalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Dasturni amalga oshirish natijasida 2017—2021-yillarda sayyohlik xizmatlar eksporti hajmini 2,3 barobarga (131,4 million dollargacha), sayyohlar sonni esa 2,1 barobarga (129,7 ming kishi) oshirish rejalashtirilgan.

Mutasaddi vazirlik, muassasalar hamda joylardagi mahalliy hokimlik organlariga “Ichan qal’a” majmuasi ichi va atrofida kompleks ravishda restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirishni ko‘zda tutgan Xivani batafsil loyihalashtirish rejasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Dastur amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruhni bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov boshqardi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют