» » Shavkat Mirziyoyev “Navoiy—Konimex—Misken temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” loyihasi parametrlarini o‘zgartirdi

Shavkat Mirziyoyev “Navoiy—Konimex—Misken temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” loyihasi parametrlarini o‘zgartirdi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Navoiy—Konimex—Misken temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” investitsiyaviy loyihasi parametrlariga o‘zgartirish kiritdi, deb yozadi UzDaily.

O‘zbekiston rahbari qurilayotgan temiryo‘l tarmog‘i trassasini Navoiy—Konimex—Misken yo‘nalishidan Buxoro—Misken yo‘nalishiga o‘zgartirdi.

Mazkur qaror amalga oshirilayotgan loyiha iqtisodiy samaradorligini oshirish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini yagona transport yo‘nalishida birlashtiruvchi sayyohlik yo‘nalishlarini shakllantirish asosida Xorazm hududi va Xiva sayyohlik salohiyatini amaliy jalb etish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish maqsadlarida qabul qilindi.

Prezident “Buxoro—Misken temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” loyihasining texnik—iqtisodiy asoslarini 2017-yil 1-iyulga qadar yangilash haqida topshiriq berdi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют