» » Kogondan Buxoro shahrigacha bo‘lgan yo‘lda zamonaviy turar-joy binolari quriladi

Kogondan Buxoro shahrigacha bo‘lgan yo‘lda zamonaviy turar-joy binolari quriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Kogondan Buxoro shahrigacha bo‘lgan yo‘lda zamonaviy turar-joy binolarini qurish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanali yangiliklar dasturida aytib o‘tildi.

“Prezidentimiz shaharning zamonaviy qiyofasi haqida so‘z yuritarkan, Buxoro vokzalidan markazga kirib kelgan mehmonda hudud yaxlit bir me’moriy uyg‘unlik kasb etgandek taassurot qoldirishini alohida e’tirof etdi. Buning uchun Kogondan Buxoro shahrigacha bo‘lgan masofada zamonaviy turar-joy binolarini barpo etish yuzasidan zarur topshiriqlar berdi”, — deyiladi reportajda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro temiryo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni borib ko‘rgan edi.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют