» » Shavkat Mirziyoyev “Navoiy—Konimex—Miskin temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” loyihasi parametrlarini o‘zgartirdi

Shavkat Mirziyoyev “Navoiy—Konimex—Miskin temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” loyihasi parametrlarini o‘zgartirdi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Navoiy—Konimex—Miskin temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” investitsiyaviy loyihasi parametrlariga o‘zgartirish kiritdi, deb yozadi UzDaily.

O‘zbekiston rahbari qurilayotgan temiryo‘l tarmog‘i trassasini Navoiy—Konimex—Miskin yo‘nalishidan Buxoro—Miskin yo‘nalishiga o‘zgartirdi.

Mazkur qaror amalga oshirilayotgan loyiha iqtisodiy samaradorligini oshirish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini yagona transport yo‘nalishida birlashtiruvchi sayyohlik yo‘nalishlarini shakllantirish asosida Xorazm hududi va Xiva sayyohlik salohiyatini amaliy jalb etish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish maqsadlarida qabul qilindi.

Prezident “Buxoro—Miskin temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” loyihasining texnik—iqtisodiy asoslarini 2017-yil 1-iyulga qadar yangilash haqida topshiriq berdi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют