» » Madagaskarda vabodan 24 kishi halok bo‘ldi

Madagaskarda vabodan 24 kishi halok bo‘ldi


Madagaskarda avgust oyining boshidan buyon 130 dan ortiq kishi vabo kasalligiga chalindi va 24 kishi vafot etdi. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Kristan Lindmayer tomonidan berilgan bayonotga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“1-avgustdan 1-oktabrgacha 133 ta holat qayd etilgan, 24 kishi vafot etgan”, — deya ta’kidlagan rasmiy vakil.

Lindmayerning so‘zlariga ko‘ra, 133 ta holatdan 73 tasi o‘pka vabosi bo‘lgan, bu kasallikdan 17 kishi vafot etgan. Kasallikning tarqalish xavfi milliy darajada yuqori, mintaqaviy darajada o‘limli, global darajada esa past baholanmoqda. Rasmiy vakilning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda kasallik mamlakat poytaxti Antananarivuda va shaharlarda tarqalmoqda.

Tashkilot tomonidan qayd etilishicha, vabo Madagaskarda epidemik kasallik hisoblanadi. Mazkur mamlakatda har yili vabo bilan bog‘liq qariyb 400 ta holat qayd etiladi. O‘tgan yilga nisbatan joriy yilda kasallik shaharlarning yirik tumanlarini ko‘proq qamrab oldi va bu holat kasallikning keyinchalik tarqalish xavfini kuchaytirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-10-2017, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют