» » Ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan “Sharqdan taralgan nur” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

Ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan “Sharqdan taralgan nur” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi


Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan “Sharqdan taralgan nur” badiiy-hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

“Sharqdan taralgan nur” filmi rejissor Shuhrat Mahmudov tomonidan suratga olingan.

Filmga qomusiy olim sifatida jahonga mashhur Ibn Sinoning buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy bilan tanishuvi asos qilib olingan. Kinolavhalar O‘zbekistonda, shuningdek, Eron, Fransiya va Rossiyada tasvirga olingan. Ibn Sino rolini iste’dodli yosh aktyorlar Hasan va Husan Solihovlar ijro etgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 3-avgustda O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida o‘zbek kinematografiyasi oldida turgan asosiy vazifalarga ham atroflicha to‘xtalib, buyuk ajdodlarimiz haqida har tomonlama yetuk filmlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbarining kino san’ati va tarixiy filmlar yaratish to‘g‘risidagi fikrlari bizga turtki bo‘lib, buyuk alloma haqida film yaratishga jazm etdik. Filmni suratga olish jarayonida tarixiy faktlarga, xususan, Ibn Sinoning o‘zi haqida yozgan, keyinchalik shogirdlari tomonidan boyitilgan manbalarga asoslandik. Filmning har jihatdan pishiq-puxta yaratilishida ssenariy muallifi Roziqa Merganboyeva, postanovkachi operator Hamidulla Hasanov va bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy bilan hamfikrlikda ishladik.

Shuhrat Mahmudov, rejissor

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-10-2017, 12:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют