» » Amerikalik politsiyachi aktyorni jinoyatchi deb o‘ylab otib qo‘yishiga bir baxya qoldi (video)

Amerikalik politsiyachi aktyorni jinoyatchi deb o‘ylab otib qo‘yishiga bir baxya qoldi (video)


26-sentabr kuni Kroufordsvill shahrida (Arkanzas shtati) istiqomat qiluvchi fuqaro politsiya qo‘ng‘iroq qilib, BackStep Brewing Company pivo ishlab chiqaruvchi zavodi yonida niqob taqqan, qo‘lida quroli bor shaxsni ko‘rganini ma’lum qilgan. Huquq-tartibot xodimlari voqea joyiga yetib kelganida qurollangan erkak binodan yugurib chiqqan. Politsiyachilar undan qurolini tashlashni talab qilgan, biroq u buyruqni bajarish o‘rniga yuzidagi niqobini yecha boshlagan. Shunda politsiya xodimlaridan biri “jinoyatchi” tomonga o‘q uzib uning boshini mo‘ljalga olishiga bir baxya qolgan, deb xabar berdi TJournal.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bino hududida mustaqil film suratga olish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan, biroq bu haqida huquq-tartibot organlari va yaqin atrofda joylashgan kompaniyadagilar ham bexabar bo‘lgan. Politsiyachilar mo‘jiza tufayligina o‘g‘ri rolini ijro etayotgan aktyor Jeff Daffning boshidan “darcha” ochib qo‘ymagan. O‘q uning yonidan uchib o‘tib bino devoriga borib tekkan.

Mahalliy politsiya serjanti Kim Raylining intervyuda ta’kidlashicha, uning xodimlari mutlaqo qonun doirasida harakat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar film suratga olish ishlari ketayotganini bilmaganida o‘zi ham shunday harakat qilgan bo‘lardi. Shunga qaramay o‘q otgan politsiyachi hozircha xizmatdan chetlashtirilgan, tergov ishlari esa davom etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-10-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют