» » Peterburglik qiz Moskvadagi bog‘ga kirishda politsiyachilar uning sumkachasiga bildirmay narkotik tashlab qo‘ygani haqida gapirib berdi

Peterburglik qiz Moskvadagi bog‘ga kirishda politsiyachilar uning sumkachasiga bildirmay narkotik tashlab qo‘ygani haqida gapirib berdi


Peterburglik stilist Yuliya Juravlyova o‘z Facebook sahifasida Moskvadagi “Zaryadye” istirohat bog‘iga kirishda politsiyachilar uning sumkachasiga bildirmay narkotik solib qo‘yib, so‘ng pora berib qutulishni taklif qilgani haqida gapirib berdi, deb yozadi Afisha Daily.

Voqea 19-sentabr kuni bog‘ga kirishda o‘rnatilgan metall detektordan o‘tishda yuz bergan. Politsiya xodimlari qizdan sumkachasini uzatishni so‘ragan va go‘yoki, undan narkotik “topgan”.

Juravlyova narkotik qabul qilmaganini isbotlamoqchi bo‘lgan va tegishli analizni topshirmoqchi bo‘lgan, ammo bu politsiyachilarni qiziqtirmagan. Ular ochiqchasiga “kelishib olishni” taklif qilgan. Shunda qiz yonida bor naqd pullarining barchasini ularga bergan. Shu paytda huquq-tartibot organlarining yana bir xodimi kirib qolib, gap nimadaligini bilgach, hamkasblariga qizni qo‘yib yuborishni va pullarini qaytarib berishni buyurgan.

Peterburglik qiz tez kunlarda politsiyaga murojaat qilib, aybdorlarni jazolashni talab qilishga va’da berdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют