» » Olimlar ayollar qizlarini, erkaklar esa o‘g‘illarini ko‘proq yaxshi ko‘rishini isbotladi

Olimlar ayollar qizlarini, erkaklar esa o‘g‘illarini ko‘proq yaxshi ko‘rishini isbotladi


Amerikalik olimlar onalar ongsiz ravishda o‘z jinsiga mansub farzandlarini ko‘proq yaxshi ko‘rishini, lekin buning teskarisini gapirishini aniqladi. Ilmiy xulosalar Journal of Consumer Psychology’da chop etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Bunday o‘ziga xoslik Yer yuzining turli burchaklarida istiqomat qiluvchi turli madaniyatdagi odamlarga xos. Ular bizning to‘rtta har xil tajribamizda ishtirok etdi. Fikrimizcha, bu holat ayollar o‘zlarini qizlarida ko‘proq ko‘rishi bilan bog‘liq. Xuddi shu narsani erkaklar hamda ularning o‘g‘il farzandlariga bo‘lgan alohida mehri haqida aytish mumkin”, — ma’lum qildi Nyu-Jersidagi (AQSh) Ratgers universiteti vakili Kristina Dyurant.

Oxirgi yillarda olimlar erkak va ayollarning organizmi turli tashqi ta’sirlarga har xil javob qaytarishiga e’tibor qarata boshladi. Masalan, ikki yil muqaddam amerikalik biologlar erkak va ayollar stressga har xil munosabatda bo‘lishini, bunga erkak organizmida o‘ziga xos oqsil borligi bilan tushuntirilishini aniqladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют