» » Ekvadorda vitse-prezident vazifasini bajarish ayol vazirga topshirildi

Ekvadorda vitse-prezident vazifasini bajarish ayol vazirga topshirildi


Ekvador prezidenti Lenin Moreno mamlakat vitse-prezidenti vazifasini bajarishni uy-joy vaziri Mariya Alexandra Vikunyaga yukladi. Bu haqda prezident ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Xorxe Glas vaqtincha yo‘qligi davom etayotgan muddat mobaynida Ekvadorning konstitutsiyaviy vitse-prezidenti sifatida Mariya Alexandra Vikunya tayinlanadi”, — deyiladi ma’muriyat xabarida. 

Rasmiylar korrupsiyaviy jinoyatlarda gumon qilinayotgan Xorxe Glasning qamoqqa olinishini mansabdorning “vaqtincha yo‘qligi” sifatida izohlamoqda. Glas o‘zini aybsiz hisoblamoqda, hibsga olingan vaqtida esa ta’tilga chiqishga qaror qildi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют