» » Marko Simich mundialdan deyarli chetda qoldi. Levandovski gollar soni bo‘yicha Krishtianudan o‘zib ketdi

Marko Simich mundialdan deyarli chetda qoldi. Levandovski gollar soni bo‘yicha Krishtianudan o‘zib ketdi


JCh—2018 saralashida ishtirok etayotgan Yevropa mamlakatlari 9-tur bellashuvlarini o‘tkazdi.

“Paxtakor” safida to‘p surayotgan chernogoriyalik legioner Marko Simich uchun Rossiya—2018 mundiali armon bo‘lib qolishi katta ehtimol. Kecha hal qiluvchi o‘yinlardan birini Daniyaga qarshi o‘tkazgan chernogoriyalik futbolchilar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Tottenhem” klubi a’zosi Kristian Eriksen tomonidan kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini hal qildi.

Navbatdagi turda Daniya Ruminiyani qabul qilishi va Chernogoriya peshqadam Polsha maydoniga tashrif buyurishi inobatga olinsa, Marko Simich uchun JCh deyarli yo‘q. U kecha Daniyaga qarshi to‘liq o‘ynab, jamoadoshlari orasida eng yuqori ballga ravo ko‘rilgandi.

Polsha termasi Yerevanda Armaniston darvozasiga 6 ta gol urib ham missiyani muddatidan avval hal qila olmadi. Mazkur uchrashuvda “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Saralashda 14 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu sermahsulligi bilan ajralib turgandi. Endi Levandovskining gollari soni 15 taga yetdi. 7-oktabr kuni Portugaliya Andorrada saf tortishi inobatga olinsa, Krishtianu yetakchilikni qaytarib olish imkoniyatiga ega.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya.

JCh—2018. Saralash
“E” guruhi. 9-tur
5-oktabr, payshanba

Gollar: Kamil Grositski, 2 (0:1). Robert Levandovski, 18 (0:2). Robert Levandovski, 25 (0:3). Oganes Ambartsumyan, 39 (1:3). Yakub Blashikovski, 58 (1:4). Robert Levandovski, 64 (1:5). Rafal Volski, 89 (1:6).

Gol: Kristian Eriksen, 16 (0:1).

Gollar: Konstantin Budesku, 33 (1:0). Konstantin Budesku, 38-pen (2:0). Klaudiu Kesheryu, 73 (3:0). Bauirjan Turisbek, 82 (3:1).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют