» » Filippinda suv sisternasining portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 42 kishi jarohat oldi

Filippinda suv sisternasining portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 42 kishi jarohat oldi


Filippindan suv bosimini hosil qiluvchi sisternaning portlashi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN Philippines telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Balakan provinsiyasida mahalliy vaqt bilan soat 03:30 larda sodir bo‘lgan. 2 ming kub metrdan ortiq suv 13 metrli balandlikdan yaqin atrofdagi uylar ustiga qulab tushgan.

Noxush hodisa oqibatida bir yoshli chaqaloq, 50 yoshli politsiyachi va 22 yoshli qiz halok bo‘lgan. Yana 42 nafar kishi jarohat olgan, jumladan, ikki nafarining ahvoli og‘ir.

Sisternaning qulashiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda. Rasmiylar maktabdagi o‘quv mashg‘ulotlarini bekor qilgan va yo‘lning ayrim qismlarini yopib qo‘ygan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют