» » Rossiya bomba o‘rnatilgani haqidagi soxta xabarlardan 5 mln dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi

Rossiya bomba o‘rnatilgani haqidagi soxta xabarlardan 5 mln dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi


Rossiyadagi obyektlarning “minalashtirilgani” haqidagi  telefon qo‘ng‘iroqlaridan ko‘rilgan zarar 300 million rubldan (5,2 million dollar) oshdi. Bu haqda FXX direktori Aleksandr Bortnikov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Xizmat rahbariga ko‘ra, kishilar FXX faoliyati qoidalariga muvofiq evakuatsiya qilindi.

“Politsiya, Rosgvardiya va biz qandaydir qaror qabul qilishdan avval olingan ma’lumotni tekshirib ko‘rish uchun barcha choralarni ko‘rishimiz talab etiladi. Terrorchilik tahdidi haqidagi yolg‘on xabarlar uchun javobgarlikka oid oldinroq qabul qilingan qonun-qoidalar mavjud. Yuz bergan hodisalardan kelib chiqib, yana nima qilish mumkinligini ko‘rib chiqish lozim. Chunki yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar salmoqli bo‘ldi. Iqtisodiy ziyonni dastlabki kunlardayoq hisoblab chiqqandik: qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan obyektlar 300 million rubldan ko‘proq zarar ko‘rdi”, — dedi Bortnikov.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq FXX Rossiyada bomba o‘rnatilgani haqidagi soxta xabarlar tashkilotchilarini aniqlagani ma’lum qilingandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют