» » Ar-Riyod BMTning Yamandagi harakatlar vaqtida halok bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarini rad etdi

Ar-Riyod BMTning Yamandagi harakatlar vaqtida halok bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarini rad etdi


Saudiya Arabistoni Ar-Riyod boshchiligidagi koalitsiya Yamandagi harakatlar vaqtida salkam 700 nafar bolaning o‘limiga va jarohat olishiga aloqasi borlikda ayblagan BMTning ma’lumotlarini rad etdi. Bu haqda podshohlikning BMTdagi doimiy vakili Abdulla al-Muallimiy ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Biz BMT hisobotida keltirilgan noto‘g‘ri va chalg‘ituvchi ma’lumotlarni rad etamiz”, — dedi diplomat BMT shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaman hukumati tomonida kurash olib borayotgan Saudiya Arabistoni va uning ittifoqdoshlari xalqaro insonparvarlik huquqlarida qayd etilgan o‘zlarining barcha majburiyatlariga sobitdirlar. Shuningdek, Al-Muallimiy koalitsiya muntazam ravishda maktab va shifoxonalarni bombardimon qilmoqda, degan ma’lumotlarni ham rad etdi va bu turdagi obyektlar  harbiy-havo kuchlarining “taqiqlangan nishonlar ro‘yxati”ga kiritilganini ta’kidladi.

BMT 6-oktabr, juma kuni 2016-yilda butun dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan qurolli mojarolar oqibatida sakkiz mingdan ortiq bola halok bo‘lgani yoki jarohat olgani borasida hisobot bergandi. Shundan 700 ga yaqin bola Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan Yamanda amalga oshirilgan harakatlar vaqtida halok bo‘lgan yoki jarohat olgani hisobotda keltirib o‘tilgandi.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘ylab 2016-yilda sodir bo‘lgan mojarolar oqibatida 8 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan yoki jarohat olgan

Yamanda 2014-yildan beri hukumat kuchlari va isyonchi xusiylar o‘rtasida kurash ketmoqda. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 20 millionga yaqin yamanlik (mamlakat aholisining 70 foizi) gumanitar yordam muhtoj. Yamanning 7 million aholisi ochlik yoqasida turibdi va 2 million bola oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat chekmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют