» » Turkiya rasmiylari Germaniya bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Turkiya rasmiylari Germaniya bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor ekanligini ma’lum qildi


Turkiya Germaniya bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Buning uchun barcha choralarni ko‘rishga tayyorman. Germaniya va Turkiya o‘rtasida, hatto o‘tgan yil murakkab kechgan bo‘lsa ham, muammolar uchun sabab yo‘q”, — ta’kidladi Chavusho‘g‘li Spiegel jurnaliga bergan intervyusida.

Vazirga ko‘ra, Anqara va Berlin o‘rtasida birinchi galda 2017-yil aprelida bo‘lib o‘tgan va Turkiya konstitutsiyasiga mamlakatda boshqaruvning parlamentdan prezidentlik shakliga o‘tilishini ko‘zda tutuvchi tuzatishlar kiritilishiga olib kelgan referendum bilan bog‘liq kelishmovchiliklar bo‘lgan.

“Referendumga tayyorgarlik chog‘ida Turkiya hukumati vakillariga Germaniyada chiqish qilishi taqiqlangani bizga yoqmadi. Biroq men Germaniya tashqi ishlar vaziri, do‘stim Zigmar Gabrielga aytdim: kel, birgalikda kelajakka ko‘z tashlaylik. Agar sizlar biz tomon bir qadam qo‘ysangiz, biz siz tarafga ikki qadam qo‘yishga tayyormiz”, — dedi Turkiya TIV rahbari.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют