» » Germaniya TIV rahbari: Turkiya Erdo‘g‘on davrida Yevropa Ittifoqiga kira olmaydi

Germaniya TIV rahbari: Turkiya Erdo‘g‘on davrida Yevropa Ittifoqiga kira olmaydi


Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Garbiel Turkiyaga Rajab Toyyib Erdo‘g‘on prezidentlik qilar ekan, u Yevropa Ittifoqi a’zosiga aylana olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Bu biz ularni xohlamayotganimizni anglatmaydi, biroq turk hukumati Erdo‘g‘on davrida Yevropa taklif qilayotgan narsaning qarama-qarshi tomoniga tez odimlamoqda… Turkiya hozirgi ahvolida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘la olmasligi mutloq ayon”, — dedi Zigmar Garbiel.

Avvalroq, Erdo‘g‘on saylovlarda Germaniya kansleri Angela Merkelga do‘st bo‘lgan partiyalar uchun ovoz bermaslikka chaqirib, ularni “Turkiya dushmanlari” deya atagan edi.

Zigmar Gabriel Turkiya prezidentining ushbu so‘zlarini boshqa davlat suverenitetiga aralashishning yorqin misoli deya atagandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют