» » Turkiyalik arxeologlar Santa-Klausning prototipi jasadini topganini ma’lum qildi

Turkiyalik arxeologlar Santa-Klausning prototipi jasadini topganini ma’lum qildi


Santa-Klaus obrazi eramizning III—IV asrlarida yashagan nasroniy avliyo Mo‘jizakor Nikolayga borib taqaladi. Ilgari uning jasadini italiyaliklar 1087-yilda Miradan o‘g‘irlab ketib, Bariga olib borgan, u yerda Avliyo Nikolay cherkovini qurishgan, deb hisoblanilgan. Turkiyalik arxeologlarning yangi tadqiqotlari ushbu ma’lumotni rad etadi, deb yozadi TJournal.

Olimlar 1942—1966-yillardagi juda ko‘p sonli hujjatlarni tahlil qilib chiqqanini ta’kidladi. Ularda aytilishicha, Demre (sobiq Mira) shahridagi Avliyo Nikolay cherkovi ostida avliyo Nikolay yepiskop bo‘lib xizmat qilgan o‘sha ibodatxona joylashgan. U uchun mo‘ljallangan qabrga boshqa marhum joylashtirilgan, haqiqiy Nikolayning jasadi esa avval ma’lum bo‘lmagan xonada turibdi.

Taxmin qilinayotgan joyni kompyuter tomografi va elektrmagnit nurlanishli radar yordamida skanerlashdi. Uskunalar ko‘rsatilgan joyda haqiqatan ham bo‘sh hudud borligini, ammo u tog‘ jinslarining bo‘laklari bilan yopilib qolganini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar qabrni kavlab ochib, ularning taxminlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi kerak. Agar jasad haqiqiy bo‘lib chiqsa, u sayyohlarning yangi to‘lqinini olib keladi, bu esa viloyat daromadlarini sezilarli darajada ko‘paytiradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют