» » UzDigital TV raqamli televideniyesi endi Navoiy viloyatida

UzDigital TV raqamli televideniyesi endi Navoiy viloyatida


Yuqori sifatli va barqaror tasvir bu haqiqat! Raqamli televideniye O‘zbekistonning nafaqat poytaxtida mavjud, endi 6-oktabrdan boshlab Navoiy shahrida sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi, raqamli televideniye muxlislari uchun Islom Karimov ko‘chasi 3-a uy manzili bo‘yicha o‘z eshiklarini ochdi.

 

Navoiy shahridagi ofisning ishga tushirilishi bilan hududiy ofislar tarmog‘i ortib borishdan to‘xtab qolmaydi, kompaniya abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida butun Respublika bo‘ylab kengayishni rejalashtirgan. Oldinda Respublikaning boshqa viloyatlarida ham abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislarini ochish rejalari turibdi, navbatda Qarshi va Buxoro shaharlarida UzDigital TV ofislari ochilishi rejalashtirilgan.

UzDigital TV MChJ bugungi kunda O‘zbekistondagi yetakchi raqamli televideniye provayderi hisoblanadi. Telekanallar paketida 65 ta telekanal mavjud: 21 milliy va 44 xorijiy telekanal. Hozirda sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand shahrida faoliyat yuritmoqda. Hududiy ofislarning bunday kengayishi kompaniyaning butun O‘zbekiston bo‘ylab abonentlarining qulayligi borasida qayg‘urayotganidan dalolat beradi.

Kompaniyada 24 soat davomida abonentlarni texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati (Call – markaz) yo‘lga qo‘yilgan. Abonentlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida mobil aloqa vositalari uchun UzDigital TV mobil ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida o‘z xizmatlar paketingizni boshqarishingiz mumkin: doimo o‘z balansingiz haqida ma’lumotga ega bo‘lish, shu bilan birga, elektron ko‘rsatuvlar dasturining (EPG) yodga solish funksiyasidan foydalanib, sevimli ko‘rsatuvlaringizni o‘tkazib yubormaslik imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, xizmatlar paketini telegram-BOT yoki www.uzdtv.uz saytida “shaxsiy kabinet” orqali ham boshqarishingiz mumkin.
Bundan tashqari, abonentlar haftada 7 kun, 24 soat davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha bepul maslahat olishlari mumkin.

UzDigital TV kompaniyasining faoliyati tamoyili har bir mijoz talabiga individual yondashuv va har bir mijoz uchun maksimal qulaylik yaratishga asoslanadi!

Kompaniya xizmatlari uchun to‘lovlarni PAYNET, CLICK, UZCARD, PayMe, U-PAY, MBANK, Woy-wo to‘lov tizimlari, shuningdek, “Aloqa Bank”, “Ipak Yo‘li Banki” va “Ipoteka Bank” orqali amalga oshirish mumkin.

Davomi bor…

Reklama huquqi asosida!

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 10:15)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют