» » O‘zbekistonda mart—aprel oylarida yangi raqamli teleuzatkichlar ishga tushirildi

O‘zbekistonda mart—aprel oylarida yangi raqamli teleuzatkichlar ishga tushirildi


“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan 2017-yilning mart—aprel oylarida respublikaning barcha viloyatlarida jami 36 ta (12 tasi yuqori quvvatli va 24 tasi kam quvvatli) DVB-T2 standartidagi raqamli teleuzatkichlar ishga tushirildi. Bu haqda korxona rasmiy saytida xabar berildi.

Bu “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsion loyihasi doirasida amalga oshirilgan.

Jumladan, Andijon viloyatida 2 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Farg‘ona viloyatida 3 ta, Toshkent viloyatida 2 ta, Sirdaryo viloyatida 1 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Samarqand viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 2 ta, Buxoro viloyatida 3 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Surxondaryo viloyatida 9 ta, Xorazm viloyatida 1 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 ta raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilib, ishga tushirilgan.

Ular orqali hududlarda yashovchi aholiga ochiq to‘plam tarkibidagi teleradiodasturlarni uzatib berish yo‘lga qo‘yildi.

Uzatkichlar o‘rnatilgan radiotelevizion stansiyalar nomi va ishga tushirilgan sanasi hamda viloyatlarda DVB-T2 standartidagi raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilgan radiotelevizion stansiyalar bilan “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi saytida tanishish mumkin.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют