» » O‘zbekiston yer usti analog teleuzatish tizimidan voz kechadi

O‘zbekiston yer usti analog teleuzatish tizimidan voz kechadi


O‘zbekiston tez orada yer usti analog teleuzatish tarmog‘idan voz kechadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Usmonov ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleuzatish tarmog‘ini o‘chirishni tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tayyorlab qo‘yilgan.

Sirojiddin Usmonov ta’kidlashicha, analog teleuzatishlar grafikka muvofiq o‘chiriladi, muddatlarning barchasi qarorda belgilanadi. Ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar analog televideniye raqamli televideniye bilan birgalikda faoliyat olib boradi.

“Nima bo‘lganda ham ushbu jarayon bezarar kechadi. Masalan, hujjatda kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kredit hisobidan raqamli pristavkalar olib berish ko‘zda tutilgan”, — dedi u.

Hujjatga ko‘ra, 2017-yil oxirigacha yirik shaharlarda va tuman markazlarida 66 ta kuchli raqamli teleuzatkichlar hamda olis aholi punktlariga kichik quvvatli 328 ta uzatkichlar o‘rnatiladi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют