» » Sardor Rashidov “Real Madrid”ga qarshi o‘ynay oladimi? Klublar o‘rtasidagi JChga qur’a tashlandi

Sardor Rashidov “Real Madrid”ga qarshi o‘ynay oladimi? Klublar o‘rtasidagi JChga qur’a tashlandi


Shu yilning 6—16-dekabr kunlari BAA klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda besh kontinentning eng yaxshi jamoalari qatorida, BAA chempioni “Al-Jazira” ishtirok etadi.

Bir necha soat avval musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Doimgidek, pley-off bosqichi mezbon mamlakatning chempion jamoasi va Okeaniya chempioni “Oklend Siti” o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Uning g‘olibi esa chorak finalga yo‘l oladi.

Klublar o‘rtasidagi JCh
BAA
6—16-dekabr

Pley-off
“Al-Jazira” — “Oklend Siti”

Chorak final
A. “Pachuka” — Afrika chempioni
B. Pley-off g‘olibi — Osiyo chempioni

Yarim final
Libertadores chempioni — A juftlik g‘olibi
“Real Madrid” — B juftlik g‘olibi

Ko‘rinib turganidek, Janubiy Amerikaning chempion klubi va Yevropaning eng oldi klubi “Real” turnirga yarim final bosqichidan qo‘shiladi. O‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov ayni paytda “Al-Jazira” sharafini himoya qilishi inobatga olinsa, unda “Real”ga raqib bo‘lish uchun imkoniyat bor.

Buning uchun “Al-Jazira” avvaliga Yangi Zelandiya klubini taslim qilishi, keyinroq OChL g‘olibini mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida O‘zbekiston milliy termasi sardori Odil Ahmedov ham ishtirok etishi mumkin. Buning uchun Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasida zafar quchishi kerak. Ayni paytda ular yarim finalga qadar yetib kelgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют