» » Mamlakatda kutilayotgan tartibsizliklardan cho‘chigan Qirg‘iziston prezidenti Rossiyaga tashrifini bekor qildi

Mamlakatda kutilayotgan tartibsizliklardan cho‘chigan Qirg‘iziston prezidenti Rossiyaga tashrifini bekor qildi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Rossiyaga rasmiy tashrifini bekor qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Prezident mazkur tashrifi doirasida MDHga a’zo mamlakatlar rahbarlari va Yevroosiyo oliy iqtisodiyot kengashi majlisida ishtirok etishni rejalashtirgan edi. Atamboyevning Rossiyaga tashrifi bekor qilingani haqidagi xabar prezident matbuot xizmati tomonidan davlat rahbarining 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi oldidan mamlakatdagi vaziyatni shaxsan o‘zi nazorat qilish istagi bilan izohlandi.

“Saylov kuni mustaqil siyosatchilar tomonidan kriminalni jalb etgan holda ommaviy tartibsizlikka tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida keltirilgan dalillarni inobatga olgan holda, prezident mamlakatdagi tartib va xavfsizlikni shaxsan nazorat qilish uchun Rossiyaga tashrifini bekor qildi”, — deyiladi Atamboyev ma’muriyatining xabarnomasida.

Sochiga boradigan Qirg‘iziston delegatsiyasiga bosh vazir Sapar Isakov boshchilik qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют