» » Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi

Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 6-oktabr kuni Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. O‘zAning xabar berishicha, mehmonni Toshkent aeroportida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 5-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют